
|
Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar fakulteti 2025-yilda Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti negizida zamonaviy raqamli sohalar talabiga mos ravishda qayta tashkil etilgan. Dastlab fakultet 1972-yilda Amaliy matematika nomi bilan faoliyat boshlagan. Bugungi kunda fakultet respublikamiz va xorijiy davlatlarda samarali faoliyat yuritayotgan 2000 dan ortiq bitiruvchilarni yetishtirgan. Ulardan 20 nafari fan doktori, 50 nafari esa falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. Fakultetda hozirda 5 ta bakalavriat, 6 ta magistratura va 4 ta doktorantura yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Fakultet tarkibida 4 ta kafedra, 4 ta zamonaviy ilmiy-amaliy laboratoriyalar (Sun’iy intellekt, Robototexnika, Kiberxavfsizlik, Matematik modellashtirish) hamda 1 ta IT-Innovatsion markaz faoliyat olib bormoqda. |
|
Fakultetning bakalavriyat mutaxassisliklari: 1. Axborot tizimlari va texnologiyalari |
![]() |
|
Fakultetning magistratura mutaxassisliklari: 1. Axborot tizimlari |
![]() |
|
Fakultetning doktorantura mutaxassisliklari:
1. 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash |
![]() |
|
Fakultetning kafedralari 1. Sun’iy intellekt va axborot tizimlari 2. Dasturiy injiniring 3. Boshqaruv nazariyasi va axborot xavfsizligi 4. Matematik modellashtirish
|
|
|
Fakultetda ilm-fan, innovatsiya va ta’lim uyg‘unligini ta’minlash maqsadida Sun’iy intellekt laboratoriyasi, Kiberxavfsizlik laboratoriyasi, Matematik modellashtirish laboratoriyasi va Robototexnika laboratoriyalari faoliyat yuritadi. Shuningdek, fakultet huzuridagi IT-Innovatsion markaz va “SamIT” xususiy korxonasi orqali talabalarning startap loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi. Har oyda xakaton, dasturlash tanlovlari va “Bir million dasturchi” kabi loyihalar o‘tkazilib boriladi. |
|