Doktorantura
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti quyidagi ixtisosliklar bo’yicha tayanch doktoranturaga qabul qiladi.
№ |
Yo’nalish nomi |
Qabul kvotasi |
Qabul vaqti |
Qabul vaqti (xorijiy talabalar uchun) |
1. |
05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash |
3 |
15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha. |
1 sentyabrdan |
2. |
05.01.03 – Informatikaning nazariy asoslari |
2 |
15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha. |
1 sentyabrdan |
3. |
13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi |
2 |
15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha. |
1 sentyabrdan |
05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash ixtisosligi asosan ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarni tizimli tahlil qilish, boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish va axborotlarni intellektual qayta ishlash, qaror qabul qilish usul va modellari, boshqaruv nazariyasi asoslari, axborotlarni saqlash va ishlov berishda kompyuter texnoligiyalari, tizimli tahlil va axborotlarga ishlov berish texnologiyalari, optimallashtirish va matematik dasturlash bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun tadqiqotlar olib boradi.
05.01.03 – Informatikaning nazariy asoslari ixtisosligi asosan avtomatlashtirish va algoritmlashtirishning nazariy asoslari, boshqaruv tizimlari uchun maxsus algoritmik vositalarni ishlab chiqish, timsollarni tanib olish, ma’lumotlarni sinflashtirish, datamining texnologiyalari bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun tadqiqotlar olib boradi.
13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi asosan ta’lim jarayonini boshqarishni avtomatlashtirish usullari, ta’limda elektron tizimlarni joriy qilish, elektron ta’lim muhitlarini yaratish, multimediali elktron ta’lim ilovalarini yaratish va o’qitish metodikasini ishlab chiqish uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha tadqiqotlar olib boradi.
Dasturiy injiniring bakalavr yo’nalishi asosan bir qancha turdagi operatsion tizimlar uchun dasturiy mahsulotlar yaratish, mobil ilovalar yaratish, web ilovalar yaratish, kompyuter uchun ilovalar yaratish bo’yicha zamonaviy mutaxassislarni tayyorlaydi.
Axborot xavfsizligi bakalavr yo’nalishi asosan axborot xavfsizligi va kiber xavfsizlik bo’yicha mutaxassislarni tayyorlaydi. Bunda, tarmoq xavfsizligini ta’minlash, ilovalarni himoyalash, maxsus kriptografik himoyalash usullarini ishlab chiqish bilan shug’illanadi.