Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetida ilmiy tadqiqot rahbarlari


Jumanov Isroil Ibragimovich – texnika fanlari doktori, professor.

olimjondi@rambler.ru

Jumanov Israil Ibragimovich rahbarligida “Boshqaruv va axborotlarga ishlov berishning usul va algoritmlari” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.

Ilmiy tadqiqot yo’nalishlari:

Ø Mikroob’ektlarni tanib olishning usul va algoritmlarini ishlab chiqish;

Ø Nostatsionar tizimlarni boshqarishni avtomatlashtirish;

Ø Elektron hujjat aylanish tizimlarida ma’lumotlar ishonchligini oshirish algoritmlarini ishlab chiqish.

 

 


 

Axatov Akmal Rustamovich – texnika fanlari doktori, professor.

akmalar@rambler.ru

Axatov Akmal Rustamovich rahbarligida “Sun’iy intellektga asoslangan boshqaruv va ma’lumotlarga ishlov berishning intellektual algoritmlari” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.

Ilmiy tadqiqot yo’nalishlari:

Ø Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni sun’iy intellekt mexanizmlari asosida boshqarish;

Ø Ma’lumotlarni intellektual tahlil qilishning usul va algoritmlarini ishlab chiqish;

Ø Internet buyumlarini boshqarishning intellectual algoritmlarini ishlab chiqish.

 


 

Lutfillayev Maxmud Xasanovich – pedagogika fanlari doktori, professor.

maxmud.lutfillayev@mail.ru

Lutfillayev Maxmud Xasanovich rahbarligida “Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirishning uslubiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.

Ilmiy tadqiqot yo’nalishlari:

Ø Ta’lim jarayonlarini kompyuterli modellashtirish;

Ø Raqamli ta’lim platformalarining uslubiy asoslarini takomillashtirish;

Ø Elektron ta’lim nazariyasini rivojlantirish.

 


 

Nazarov Fayzullo Maxmadiyarovich – texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent.

fayzulla-samsu@mail.ru

Nazarov Fayzullo Maxmadiyarovich rahbarligida “Taqsimlangan texnologiyalar asosida ma’lumotlarga ishlov berishning intellektual algoritmlari” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.

Ilmiy tadqiqot yo’nalishlari:

Ø Blokcheyn mexanizmlari asosida ma’lumotlar ishonchligini oshirish;

Ø Taqsimlangan texnologiyalar asosida ma’lumotlar oqimini boshqarish;

Ø Video ma’lumotlarga ishlov berishning intellektual algoritmlarini ishlab chiqish;

 


 

Yusupov Ozod Rabbimovich – texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent.

ozodyusupov@mail.ru

Yusupov Ozod Rabbimovich rahbarligida “Tasvirlarga ishlov berish va tahlil qilish hamda tanib olishning usul va algoritmlari ” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.

Ilmiy tadqiqot yoʻnalishlari:

Ø Biometrik identifikasiyalashning usul va algoritmlarini tadqiq etish va ishlab chiqish;

Ø Tasvirlarga ishlov berish va tahlil qilish usul va algoritmlari tadqiq etish va ishlab chiqish;

Ø Timsollarni tanib olishning algoritmik kompozisiyasini tadqiq etish va ishlab chiqish;

Ø Masofadan zondlash asosida olingan tasvirlarga ishlov berish va ularda obyektlarni tanib olish usul va algoritmlarini tadqiq etish va ishlab chiqish.

 


Axatqulov Soxobiddin Abirqulovich – fizik-matematika fanlari doktori, professor.

akhatkulov@gmail.com

Axatqulov Soxobiddin Abirqulovich rahbarligida "Mashinaviy o'qitishda optimallashtirish masalalari" mavzusida ilmiy ishlar olib boriladi.

Ilmiy tadqiqot yoʻnalishlari:

Ø Kasrli hosilalarning mashinaviy o'qitishda optimallashtirish masalalariga tadbiqlarini o'rganish;

Ø Mashinaviy o'qitishda shartli optimallashtirish masalalarini shaffoflik, mahfiylik va maxsus soha shartlari ostida tadqiq qilish;

Ø Chuqur o'qitish uchun optimallashtirish masalalarini tadqiq qilish va takomillashtirish;

Ø Mashinaviy o'qitish modellariga asoslangan kommunikatsiya va signallarga ishlov berish sohalarida optimallashtirish masalalarini o'rganish.