AXBOROT XATI

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetida Sun’iy intellekt va raqamli ta’lim texnologiyalari: amaliyot, tajriba, muammo va istiqbollari xalqaro konferensiya o’tkazilishini ma’lum qilamiz. Konferensiya 2024 yil 3 - 4 iyun kunlari onlayn va oflayn rejimda o’tkaziladi.

Konferensiya shu’balari:

1. Sun’iy intellekt: muammo va imkoniyatlar;

2. Raqamli texnologiyalarni sohalarda qo’llanilishi;

3. Axborot xavfsizligi va uning muammolari;

4. Raqamli ta’lim texnologiyalarining istiqbollari; 

Konferensiya tili: o’zbek, rus, ingliz tili.

Muddatlar:

1. Maqolani topshirishning oxirgi muddati:

2024-yil, 20-may.

2. Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati (To‘lov): 2024-yil, 25-may.

Maqolaning elektron nusxasi quyidagi shaklda nomlanadi: shoʻba raqami, birinchi muallifning familiyasi, masalan: 3_aliyev.docx

Maqola shabloni: Rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar: maqola hajmi 3-5 bet, 1,15 intervalda (chapdan 3 sm, yuqoridan 2 sm, quyidan 2 sm, oʻng tomondan 1,5 sm, varaq bichimi А4 formatda, 210x297mm), Microsoft Word (*.docx) muharririda, matnlar Times New Roman, 14 oʻlchamli shriftda, matematik formulalar MathType formula muharririda “(1)” shaklda raqamlangan, chizma yoki rasmlar varaqning oʻrtasida joylashtiriladi real oʻlchamlarda 300 nuqta/dyum holatda boʻlishi, chizma yoki rasmlarning tagida izohlari 12 pt oʻlchamida varagʻning oʻrtasidan yoziladi. Mavzu bosh harflarda qoraytirilib, varaqning oʻrtasiga yoziladi, keyingi qatorlarga muallifning ismi-sharifi, tashkilotning toʻliq nomi, elekron pochta manzili (e-mail) koʻrsatiladi (Ilova 1).

Batafsil ma’lumotlarni quyidagi manzildan olishingiz mumkin: https://itkt-samdu.uz/ 


Ilova 1.

VIDEO MA'LUMOTLAR ASOSIDA HAYDOVCHILARNING CHARCHOQ HOLATLARINI ANIQLASHNING INTELLEKTUAL ALGORITMLARI

Xamidov M.M.

(Samarqand davlat universiteti, samsungmunis@gmail.com)

       Annotatsiya. Odamlar hayoti va mol-mulkiga jiddiy xavf tug‘diruvchi yo‘l-transport hodisalarining asosiy sabablaridan biri haydovchining charchashi yoki uyquchanligidir. Mazkur tadqiqot ishida haydovchilarning charchoqlik holatlarini aniqlash bo'yicha eng so'nggi tadqiqot usullari tahlil qilingan. Tadqiqotlar asosida, eng muvaffaqiyatli yondashuvlar videoga asoslangan charchoqni aniqlash, shuningdek, fiziologik ma'lumotlarga o'rgatilgan mashinaviy va chuqur o’qitish usullaridan foydalanadigan yondashuvlardir. Tadqiqotda video ma’lumotlar asosida haydovchilarning charchoqlik holatlarini aniqlashning usul va algoritmlari taklif etilgan va bu algoritmlar asosida tajriba natijalari olingan.

Kalitli so’zlar: Video ma’lumotlar, mashinaviy o’qitish, neyron tarmoqlari, ko‘zni kuzatish, kompyuterli nigoh, charchoqni aniqlash.

Asosiy qism

Matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn…..

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Vishesh, P., Raghavendra, S., Jankatti, S. K., Rekha, V. Eye blink detection using CNN to detect drowsiness level in drivers for road safety. Indonesian Journal of Electrical Engineering and Computer Science, 22(1), 222-231. 2021.