“Sun’iy intellekt asosida ma’lumotlarni qayta ishlash” ilmiy markazi


Sun’iy intellekt asosida ma’lumotlarni qayta ishlash ilmiy markazi iqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilish, video ma’lumotlarni qayta ishlash, ma’lumotlarni qayta ishlashning maxsus algoritmlarini ishlab chiqish, xavfsizlik uchun blokcheyn texnologiyalarini qo’llash, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish va ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish bo’yicha tadqiqotlar olib boradi.

“Sun’iy intellekt asosida ma’lumotlarni qayta ishlash” ilmiy markazining tadqiqot yo’nalishlari

1.     Video tasvirli ma’lumotlar asosida avtomobil tirbandliklarini baholash


          Video tasvirli ma’lumotlar asosida avtomobil tirbandliklarini baholash tizimini ishlab chiqish bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Tadqiqot natijasida 1 ta amaliy loyiha rejalashtirilgan, 4 ta SCOPUS bazasidagi jurnallarga maqola e’lon qilingan, Xalqaro va Respublika miqyosida 10 ga yaqin maqolalar chop qilingan.

2.Video ma’lumotlar yordamida haydovchilarda charchoq alomatlarini aniqlash va bashorat qilishning intellektual tizimi


          Video ma’lumotlar yordamida haydovchilarda charchoq alomatlarini aniqlash va bashorat qilishning intellektual tizimini ishlab chiqish bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Tadqiqot natijasida 1 ta amaliy loyiha rejalashtirilgan, 2 ta SCOPUS bazasidagi jurnallarga maqola e’lon qilingan, Xalqaro va Respublika miqyosida 5 dan ortiq maqolalar chop qilingan.

3. Taqsimlangan texnologiyalar asosida BigDatada oqimlarini boshqarish va blokcheyn mexanizmlari yordamida ma’lumotlar ishonchligini oshirish


          Taqsimlangan texnologiyalar asosida ma’lumotlar oqimlarini boshqarish va blokcheyn mexanizmlari yordamida ma’lumotlar ishonchligini oshirish bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Tadqiqot natijasida 1 ta amaliy loyiha rejalashtirilgan, 10 ta SCOPUS bazasidagi jurnallarga maqola e’lon qilingan, Xalqaro va Respublika miqyosida 15 dan ortiq maqolalar chop qilingan.

4. Sun’iy intellekt asosida ko’chmas mulkni baholashning intellektual tizimini ishlab chiqish


          Sun’iy intellekt asosida ko’chmas mulkni baholashning intellektual tizimini ishlab chiqish bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Tadqiqot natijasida 1 ta amaliy loyiha rejalashtirilgan, 5 ta SCOPUS bazasidagi jurnallarga maqola e’lon qilingan, Xalqaro va Respublika miqyosida 10 dan ortiq maqolalar chop qilingan.

5. BigDatani qayta ishlash samaradorligini oshirishda ma’lumotlarni qayta ishlash uchun kvant usullaridan foydalanish


          BigDatani qayta ishlash samaradorligini oshirishda ma’lumotlarni qayta ishlash uchun kvant usullaridan foydalanish bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Tadqiqot natijasida 1 ta amaliy loyiha rejalashtirilgan, SCOPUS bazasidagi jurnallarga maqola topshirilgan, Xalqaro va Respublika miqyosida 5 ga yaqin maqolalar chop qilingan.

6. Elektron hujjat aylanish tizimlarida ma’lumotlar ishonchligini oshirish algoritmlarini ishlab chiqish


          Elektron hujjat aylanish tizimlarida ma’lumotlar ishonchligini oshirish algoritmlarini ishlab chiqish bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Tadqiqot natijasida 20 ta SCOPUS bazasidagi jurnallarga maqola e’lon qilingan, Xalqaro va Respublika miqyosida 30 dan ortiq maqolalar chop qilingan.