Dasturiy mahsulotlar

Universitet Moddiy-ashyolar bilan ishlash platformasi


Qo’llanilish sohalari: OTMlarning moddiy ashyolar bo’limini boshqarishni avtomatlashtirishga qo’llaniladi.
Dasturiy mahsulotning vazifalari:
- moddiy ashyolarning ma’lumotlar bazasini boshqarish;
- moddiy ashyolarni qabul, qilish, tarqatish va unga buyurtma berishni boshqarish;
- moddiy ashyolarni monitoringdan o’tkazish;
- muddati o’tkan moddiy ashyolarni hisobdan chiqarishni avtomatlashtirish.
Dasturiy mahsulotga buyurtma berish mumkin.


Texnologiya va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash markazi faoliyatini avtomatlashtirish platformasi


Qo’llanilish sohalari: OTMlarning texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini avtomatlashtirishda qo‘llaniladi.

Dasturiy mahsulotning vazifalari:

    OTM da TIQQMa tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yoritib borish;

  •    Аdliya vazirligining Intellektual mulk  davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yo'riqnomalar berib borish;
  •    OTM professor o‘qituvchilari tomonidan olingan patent hamda mualliflik huquqi obyektlari uchun guvohnomalarni monitoringdan o’tkazish;
  •    OTM professor o‘qituvchilari tomonidan olingan patent hamda mualliflik huquqi obyektlari uchun guvohnomalarning fakultetlar, kafedralar kesimida statistikalarini shakllantirish hamda yoritib borish.


O’q otish va uni metodikasi Android ilovasi


Dasturiy mahsulot nomi: O’q otish va uni metodikasi Android ilovasi

Qo’llanilish sohalari: Harbiy ta’lim.

📝 Loyiha haqida: Loyiha harbiylashgan ta'lim muassasalari uchun mo'ljallangan bo'lib, - ularda tahsil oluvchi talabalar oson va qulay o'rganishi, o'q otishi mahoratini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan dastur hisoblanadi.


Ilmiy jurnal veb-platformasi


Qo’llanilish sohalari: Ilmiy jurnal va maqolalar.
Dasturiy mahsulotning vazifalari:
- Ilmiy maqolalar qabul qilish;
- Jurnal va maqolalarni arxiv shaklida chiqarish;
- Ilmiy maqolaga to’lov qilish;
- Qidiruv tizimlarida maqolalarni chiqarish.
Dasturiy mahsulotga buyurtma berish uchun mumkin.


Oliy ta’lim kadrlar bo’limini avtomatlashtirish dasturi


Qo’llanilish sohalari: Oliy ta’lim.
📝 Dastur imkoniyatlari: Tizim Real vaqtda universitet xodimlarini statistikasini chiqarish, Buyruqlarni onlayn hosil qilish va chop etish, Xodimlarga tegishli bo’lgan barcha malumotlarni olish va chop etish(Pasport, Diplomlar, Obyektivka, va boshqa hujatlar), Ma’lumotlarni kerakli so’rovlar asosida saralash va boshqa vazifalarni bajaradi.


Yakuniy nazoratlarni tashkil qilish tizimi.


Qoʻllanilish sohalari: OTMlarning yakuniy nazoratlarni tashkil qilish bo’limlari.

Dasturiy mahsulotning vazifalari:

  •       Universitet tuzilmasini, talabalar kontingentini statistikasini yuritish imkoniyati;
  •       Yakuniy nazorat fanlari roʻyxati, nazoratlar jadvalini shakllantirish imkoniyati;
  •       Yakuniy nazoratlar savollari fayllarini saqlash, yakuniy nazorat savollarining variantlarini bir xil darajada hosil qilish imkoniyati;
  •       Yakuniy nazorat variantlarini chop etish uchun tayyor holatga keltirish imkoniyati.

Dasturiy mahsulotga buyurtma berish mumkin.


Tadqiqotchilarni malakaviy imtihon topshirish uchun arizalarni onlayn qabul qilish platformasi.


Qo’llanilish sohalari: OTM va ITMlarning ilmiy bo’limlari.

Dasturiy mahsulotning vazifalari:

  •      OTM va ITMlarning tadqiqotchilari malakaviy imtihon topshirish uchun ariza va hujjatlarini onlayn qabul qilish;
  •      Tadqiqotchilar o’zlari topshirgan hujjatlarining holatini platforma orqali kuzatib borishi;
  •      Topshirilgan hujjatlarning monitoringini olib borish;
  •      Hujjat topshirgan tadqiqotchilarning ma’lumotlarini imtihon turi va mutaxassisliklar kesimida saralash hamda ro’yxatini shakllantirish;
  •      Foydalanuvchilar tomonidan berilgan savol va takliflarni platforma orqali qabul qilish;

Link: phd.samdu.uz

Dasturiy mahsulotga buyurtma berish mumkin.


Savdo do'konlari tizimini raqamlashtirish dasturi


Savdo do'konlari tizimini raqamlashtirish, do'kon egalari uchun tovarlar harakatini kuzatish, sotuv jarayonlarini boshqarish, savdo analizlari, ABS analiz, mijozlarning davomiyligini oshirish uchun CRM moduli, SKLAD, SOTUV, BOSHQARUV, KASSIR kabi modullarini o'z ichiga oluvchi "SALE-POS" dasturi ishlab chiqilgan. Siz ushbu dastur orqali do'konlariningizni bemalol nazorat qilishingiz mumkin bo'ladi.


Samarqand davlat universiteti Ilmiy Axborotnomasi jurnali


Samarqand davlat universiteti Ilmiy Axborotnomasi jurnali tahririyati Respublikamiz olimlari, doktorant va tadqiqotchilarining ilmiy maqolalarini chop etish uchun AXBOROTNOMA" jurnalining platformasi ishlab chiqildi . Tizimda jurnal sonlari va maqolalar tizimga joylab boriladi. Shuningdek maqolalarni qabul qilish, chop qilish jarayonlari ham to'liq raqamlashgan.

Url: axborotnoma.uz