Ilmiy loyihalar

Video tasvirli ma’lumotlar asosida avtomobil tirbandliklarini baholash


Qo’llanilish sohalari: Viloyat, shahar va tuman yo’l patrul xizmatlari.
Ilmiy loyihaning vazifalari:
- Video ma’lumotlar asosida yo’llardagi tirbandlik holatini aniqlash;
- Video ma’lumotlar asosida yo’llardagi tirbandlik darajalarini aniqlash;
- Yo’llardagi tirbandliklar yuza keltiradigan muammolarni aniqlash;
- Yo‘llardagi tirbandliklarni kamaytirish uchun yechimlar taklif qilish.
Ilmiy loyihaning natijalari:
- Yoqilg‘i isrofini kamaytirish;
- Avtomobillarning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish;
- Manzilga yetib borish vaqtini kamaytirish;
- Jamoat transportlarining faoliyatini yaxshilash;
- Iqtisodiy samaradorlikni oshirish;
- Shahar infratuzilmasini yaxshilash.

 Ilmiy loyihaga buyurtma berish mumkin


Video ma’lumotlar yordamida haydovchilarda charchoq alomatlarini aniqlash va bashorat qilishning intellektual tizimi


Qo’llanilish sohalari: Avtomobilsozlik, aviatsiya, jamoat transporti, logistika va yetkazib berish, sog`liqni saqlash, yo`l harakati xavfsizligi.

Ilmiy loyihaning vazifalari:

  • Video tahlil tizimini ishlab chiqish:
  • Ma'lumotlarni to'plash va izohlash:
  • Haqiqiy vaqtda aniqlash:
  • Bashorat va ogohlantirish tizimi:

Ilmiy loyihaning natijalari:

  • Haydovchilarning charchash holatlarini aniqlashda ishlab chiqilgan tizim samaradorligini ko'rsatish;
  • Tizimning charchoqni kritik holga kelishidan oldin bashorat qilish qobiliyatini namoyish etish va baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirish;
  • Magistral yo`llarda avtomobil haydash, shahar tirbandligi va turli ob-havo sharoitlari kabi real holatlarda tizimning ishlashiga dalil keltirish;

Ilmiy loyihaga buyurtma berish mumkin.


Sun’iy intellekt asosida ko’chmas mulkni baholashning intellektual tizimini ishlab chiqish


Qo’llanilish sohalari: Ko’chmas mulklarni baholash agentliklari, viloyat, shahar va tuman hokimliklari hamda kadastr agentliklari.

Ilmiy loyihaning vazifalari:

  • hududlar bo’yicha ko’chmas mulklar va ularning baholari bo’yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
  • hududlar kesimida ko’chmas mulklarning bahosini sun’iy intellekt orqali baholash;
  • alohida energiya tejamkorlik kabi xususiyatlarni hisobga olgan holda ko’chmas mulklarning bahosini sun’iy intellekt orqali baholash;
  • yangi qurilishi rejalashtirilgan ko’chmas mulklarning bahosini hududning xususiyatlariga qarab sun’iy intellekt orqali baholash.

Ilmiy loyihaning natijalari:

  • investorlar uchun hududlar bo’yicha ko’chmas mulklarni xususiyatiga qarab oldindan qurilishi rejalashtirilgan ko’chmas mulklarni bahosini aniqlash mumkin;
  • investorlar uchun hududning markazida, markaz atrofida yoki markazdan chetdaligi bo’yicha xususiyatlarini inobatga olib oldindan qurilishi rejalashtirilgan ko’chmas mulklarni bahosini aniqlash mumkin;
  • ko’chmas mulklarni sotib oluvchilar uchun ko’chmas mulkni hududning qaysi qismida ekanligi bo’yicha va ko’chmas mulklarning energiya tejamkorlik kabi xususiyatlari mavjudligi bo’yicha ko’chmas mulkning haqiqiy baholarini aniqlash mumkin;
  • ko’chmas mulklarning kadastr narxlari va bozor narxlarini mutanosibligini ta’minlash imkoni yaratiladi.

 Ilmiy loyihaga buyurtma berish mumkin.


Sun'iy intellektga asoslangan video ma'lumotlarni xulosalash usullari


Internet tarmog’idagi katta hajmli videolar uchun transkripsiyalash texnologiyalari asosida video ma’lumotlarni tasniflash tadqiqotning ob’yekti, internet tarmog’idagi katta hajmli videolar uchun transkripsiyalash texnologiyalari asosida video ma’lumotlarni tasniflash model hamda algoritmlari tadqiqot predmeti hisoblanadi.

  • Video ma’lumotlarni kategoriyalarga ajratishning statik modellari asosida video ma’lumotlarni tasniflash algoritmlari ishlab chiqildi;
  • Transkripsiyalash texnologiyalari asosida video ma’lumotlarni tasniflash algoritm va dasturini tuzilmaviy sxemasi va dasturiy majmuasi ishlab chiqildi.

Asosiy kadrlarga asoslangan video xulosasi kadrlarni ajratish orqali ishlaydi, shuning uchun birinchi qadamda asl videoning kadrlar ketma-ketligidan maxsus kadrlarni ajratib olish amalga oshiriladi.


Tibbiy tasvirlarni(Spermagramma) raqamli ishlash asosida kassaliklarni tashxislashning dasturiv vositasi


Ilmiy loyihaning vazifalari:
- tibbiy tasvirlarni dastlabki elementlarini aniqlash
- tibbiy tasvirlarning aniqliligini oshirish
- tibbiy tasvirlardagi informativ belgilarni ajratib olish
Loyihaning natijalari:
- patologik anormalliklarni aniqlash jarayonini tezlashtiriradi
- tekshirilayotgan aholini kengroq qamrab olishi va kasalliklarni erta tashxislash imkoniyatlarini beradi
- tirik va o’lik spermatazoidlarni ajratish imkoniyatini yaratib beradi
- yetilmagan sipermatazoidlarni aniqlash va davolash muolajalarini erta boshlash imkonini yaratib beradi
Ilmiy loyihaga buyurtma berish mumkin.


Tuproq tarkibi ma’lumotlarini intellektual tahlil qilish asosida hosildorlikni aniqlash


Qo’llanilish sohalari:  Qishloq xo’jaligida, atrof-muhitni muhofaza qilishda

Ilmiy loyihaning vazifalari:
- Tuproq tarkibi ma’lumotlari asosida hosildorlikni baholash ;
- Tuproq unumdorligiga ta’sir  etadigan asosiy hususiyatlarni aniqlash;
- Tuproq holatiga qarab eng optimal ekinlarni tavsiya qilish;
- Qishloq xo’jaligi yer  maydonlarini  degradatsiyadan saqlash.

Ilmiy loyihaning natijalari:
- Ekinlar hosildorligini oshirish;
- Muntazam tuproq monitoringini amalga oshirish;
- Tuproq sho’rlanishini oldini olish;
- To’g’ri ekin tanlashga ko’maklashish;
- Sug’orish va o’g’itlash qarorlarini yaxshilash ;
- Iqtisodiy samaradorlikni oshirish;
- Qishloq xo’jaligi sanoatini  yaxshilash.

 Ilmiy loyihaga buyurtma berish mumkin