Samarqand davlat universiteti professorlari Christo Ananth, Akmaljon G‘ulomov, dasturiy injiniring kafedrasi dotsenti Habiba Abdiyeva hamda tayanch doktorant Nodir Rabimovlar tomonidan ishlab chiqilgan “Favqulodda vaziyatlarga aniq javob berishda uchuvchisiz qurilmalar uchun sun’iy intellekt bilan ishlaydigan aqlli antennalar” dasturi Germaniyaning xalqaro patenti bilan himoyalandi. Mazkur yutuq universitet olimlarining ilmiy salohiyati va innovatsion g‘oyalarining xalqaro e’tirof etilayotganidan dalolat beradi.