SamDU Intellektual tizimlar fakulteti uchun yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

2025-08-26
SamDU Intellektual tizimlar fakulteti uchun yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Samarqand davlat universiteti Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetining 1000 o‘rinli yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda SamDU rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, senator Rustam Xolmuradov ishtirok etdi. Yangi binoning zamonaviy sharoitlari talabalarda katta taassurot uyg‘otdi.