SamDU o‘qituvchisi Janubiy Koreyada stajirovka o‘tamoqda

2025-08-29
SamDU o‘qituvchisi Janubiy Koreyada stajirovka o‘tamoqda

Samarqand davlat universiteti Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti Dasturiy injiniring kafedrasi o‘qituvchisi Islom Karimov Janubiy Koreyaning Sejong shahrida joylashgan Science and Technology Policy Instituteda stajirovka o‘tamoqda. Ushbu tajriba almashinuvi doirasida u axborot texnologiyalari sohasidagi ilg‘or yondashuvlar bilan yaqindan tanishmoqda.