Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida Samarqand shahar 47-maktabining 11-sinf o‘quvchilari fakultetdagi zamonaviy o‘quv sharoitlari, laboratoriyalar va texnologik jihozlar bilan tanishdilar. Shuningdek, ularga qabul jarayoni, ta’lim yo‘nalishlari va kirish fanlari haqida ma’lumot berildi. Tadbir yoshlarda katta taassurot qoldirib, ularning kelajakdagi tanlovlarini belgilashda muhim rol o‘ynadi.