Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar fakulteti dekani Fayzullo Nazarov hamda sun’iy intellekt ilmiy laboratoriyasi tadqiqotchisi Sherzodjon Yarmatovning “Intelligent Algorithms for the Detection of Suspicious Transactions in Payment Data Management Systems Based on LSTM Neural Networks” nomli maqolasi SCOPUS bazasiga kiruvchi, Q1 reytingli “Sensors” jurnalida chop qilindi. Ushbu tadqiqot to‘lov tizimlarida shubhali tranzaksiyalarni aniqlash uchun LSTM neyron tarmoqlariga asoslangan aqlli algoritmlarni taklif etib, xavfsizlikni real vaqt rejimida oshirishga xizmat qiladi.