Fakultetda 2024-yil 4 ta Dasturiy injiniring, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari, Sun'iy intellekt, Axborot xavfsizligi yo'nalishlar bo'yicha abituriyentlarni qabul qiladi.
Fakultetda 2024-yil 4 ta Axborot tizimlari(tarmoqlar bo'yicha), Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari, Sun'iy intellekt, Axborot xavfsizligi mutaxassisliklari bo'yicha magistraturaga qabul qiladi.
Fakultet talabalari va tadqiqotchilari o'tgan yil hisobida 30 dan ortiq dasturiy mahsulotlar(web saytlar, mobil ilovalar va bosh.) ishlab chiqishgan va ularni amaliyotga joriy qilishgan.
Fakultetning ko'plab talaba va magistrantlari respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov va olimpiadalarda faol ishtirok etib muntazam g'oliblikni qo'lga kiritib kelishadi kelishadi.
Samarqand davlat universiteti IT Markazida talabalar uchun bepul IT kurslari mavjud. Istalgan talaba o'zi qiziqqan Robototexnika, Sun'iy intellekt, Web dasturlash, Mobil dasturlash va Grafik dizayn ka'bi yo'nalishlardan birini o'rganishi mumkin.
Fakultet va IT Markaz vakillar birgalikda turli dasturlash tanlovlari, hakatonlar va contestlarni muntazam tashkillashtirib turadi. Bundan tashqari sog'lom turmush tarzini joriy qilish maqsadida turli sport musobaqalari o'tkaziladi.